RECISH #003BepulKAZUS #003· O‘G‘IRLIKTERGOV OCHIQ
Yo‘qolgan hujjat
Seyf buzilmagan, eshiklar sindirilmagan – lekin milliardlik shartnoma yo‘q bo‘lib qoldi.
- DALILLAR
- 05
- HUJJATLAR
- 04
- GUVOHLAR
- 03
- GUMONDORLAR
- 04
- EKSPERTIZA
- 04
- VAQT
- 25:00
ISH MA‘LUMOTNOMASI#003
- Sana
- 20.03.2025 (kechqurun)
- Joy
- Toshkent sh., Yunusobod tumani, “Nur Invest” ofisi
- Yo‘qolgan hujjat
- Yer bitimining notarial asl shartnomasi
- Bitim summasi
- 9,6 milliard so‘m
- Dastlabki xulosa
- Seyf buzilmagan – kod bilan ochilgan
Voqelik tavsifi
2025 yil 20 mart kuni kechqurun «Nur Invest» kompaniyasining Yunusobod tumanidagi bosh ofisida ertasi kuni soat 10:00 da imzolanishi kerak bo‘lgan 9,6 milliard so‘mlik yer bitimining notarial tasdiqlangan asl shartnomasi seyfdan yo‘qoldi. Ertalab seyf ochilganda hujjat joyida emas edi.
Voqea joyidan suratlar va dalillar qulflangan
Ish bo‘yicha to‘plangan suratlar, hujjatlar va ko‘rsatuvlar o‘yin boshlanganda ochiladi – bu yerda ortiqcha ma‘lumot berib, sirni oldindan ochib qo‘ymaslik uchun.
Dalillar
Voqea joyidan 5 ta dalil to‘plangan. Ularning tahlili va nima uchun muhimligi tergov rejimida ochiladi.
Direktor kabineti va seyf surati
Foto
Seyf elektron jurnali
Raqamli
Ofis kirish kartalari jurnali
Raqamli
Seyf yonidagi kamera yozuvi
Video
Parkovka kamerasi
Video
Jami 5 ta dalil qayd etilgan. Ularning barchasini tekshirishga vaqt yetmaydi – tergov rejimida qaysi birlarini tanlashingiz natijaga ta‘sir qiladi.
Hujjatlar
Ish bo‘yicha 4 ta rasmiy hujjat qayd etilgan. Mazmuni tergov rejimida ochib o‘qiladi.
Seyf PIN zaxira siyosati
Notariusning elektron xati
Kartani yo‘qotish haqida ariza
“Yangi Shahar Development” yozishmasi
Guvohlar
3 nafar guvoh aniqlangan – ular gumondor emas, lekin ularning ko‘rgan-bilganlari tergovga yo‘nalish beradi. Tergov rejimida vaqt tanqisligi tufayli faqat bir qismini chuqur so‘roq qila olasiz – kimni tanlashingiz natijaga ta‘sir qiladi.

Dildora Sobirova
Ofis menejeri
So‘roq qilingan
Ulug‘bek Hamidov
Arxiv va ombor mudiri
So‘roq qilingan
Karimjon Xolmatov
Tungi qorovul
So‘roq qilinganGumondorlar
4 nafar gumondor aniqlangan. Har birining shubhali tomoni bor – kim aybdor ekanini aniqlash uchun ularni tergov rejimida yuzma-yuz so‘roq qilishingiz, javoblarini dalil bilan tekshirishingiz kerak bo‘ladi.

Zulfiya Karimova
Bosh yurist
So‘roq qilingan
Jasur Ergashev
Moliya direktori
So‘roq qilingan
Otabek Nosirov
Direktorning haydovchisi
So‘roq qilingan
Sanjar Abdullayev
“Yangi Shahar Development” vakili
So‘roq qilinganEkspertiza
Bu ish bo‘yicha 4 turdagi ekspertiza buyurtma qilinishi mumkin, ammo tergov rejimida byudjet cheklangan – faqat bir qismini tanlab olasiz. Natijalar yakuniy bosqichlarda ochiladi.
Komp‘yuter-texnik ekspertiza (kamera serveri)
Daktiloskopik ekspertiza (seyf tokchasi)
Video-texnik ekspertiza (parkovka)
Mobil aloqa tahlili
Qoidalar
Bu kazusda sizni nima kutayotgani – hammasi shu kazusning haqiqiy raqamlari bilan. Batafsil qoidalar alohida sahifada.
Rejim
Viktorina · 5 bosqich
Har bosqichda nazorat savoli; oxirida aybdorni va ayblov moddasini tanlaysiz.
Vaqt
25 daqiqa
Yumshoq: tugasa ham davom etishingiz mumkin, lekin tezroq yechish reytingda ustunlik beradi.
Yechish sharti
Aybdor + to‘g‘ri modda
Ikkalasi ham to‘g‘ri bo‘lsagina kazus yechiladi. Natija: Tergov 35 + Aybdor 35 + Huquqiy 30.
Kazus qiymati
10 reyting ball
100% natijada. Reyting balli = kazus qiymati × natija foizi.
Huquqiy baholash
1 ta savol · 30 ball
Hukmda ayblov moddasini tanlaysiz.
Tanga
Bepul kazus
Bu kazusda tanga sarflanmaydi va berilmaydi.
Kazusni qayta o‘ynash mumkin, lekin yechguncha qilingan har xato urinish reyting balli va tanga mukofotini kamaytiradi (1 xatodan keyin ×0,6, 2 xatodan keyin ×0,4, 3 va undan ko‘p – ×0,25). Yechib bo‘lingan kazusni qayta o‘ynash ball ham, tanga ham bermaydi.
To‘liq qoidalarO‘z xulosangiz
Tergovni boshlashdan oldin, mavjud ma‘lumotlarga asoslanib, o‘z versiyangizni yozib qo‘ying – keyin tergov natijasi bilan solishtirasiz.