
Qo‘llanma
O‘yin qoidalari
Uchta daraja, bitta maqsad: aybdorni topish va unga qonunga to‘g‘ri ayblov qo‘yish. Quyida o‘yin qanday ishlashi, qanday baholanishi va reyting qanday hisoblanishi qisqacha.
01 · DARAJALAR
Uchta daraja
Bepul Stajyordan boshlang, keyin to‘liq tergovga o‘ting.
- Narx
- Bepul – hamisha
- Rejim
- Viktorina: har bosqichda nazorat savoli
- AI so‘roq
- Yo‘q
- Huquqiy baho
- Faqat hukm
- Vaqt
- 25 daqiqa, yumshoq – tugasa ham davom etasiz
- Tanga
- Sarflanmaydi va berilmaydi
- Narx
- Pullik · 1 ta demo kazus bepul
- Rejim
- To‘liq tergov: dalil, hujjat, guvoh, gumondor, ekspertiza
- Limitlar
- Dalil va ekspertiza tanlab tekshiriladi – hammasini ochib bo‘lmaydi
- AI so‘roq
- Yo‘q
- Huquqiy baho
- 1 ta bosqich savoli + hukm
- Vaqt
- Kazusga qarab, qat‘iy – faqat kazus sahifasi ochiq turganda ketadi
- Tanga
- Chuqur savol va fosh qilish uchun · birinchi yechim: 6 tangagacha
- Narx
- Pullik · 1 ta demo kazus bepul
- Rejim
- To‘liq tergov + gumondorlarni o‘z savollaringiz bilan erkin so‘roq qilish
- Limitlar
- Dalil va ekspertiza tanlab tekshiriladi – hammasini ochib bo‘lmaydi
- AI so‘roq
- Bor – har savol 1 tanga, bitta urinishda 15 tagacha
- Huquqiy baho
- 2 ta bosqich savoli + hukm
- Vaqt
- Kazusga qarab, qat‘iy – faqat kazus sahifasi ochiq turganda ketadi
- Tanga
- Chuqur savol va fosh qilish uchun · birinchi yechim: 10 tangagacha
02 · YECHISH SHARTI
Kazus qachon yechiladi
01Aybdorni toping
Dalillar, guvohlar va gumondorlar so‘rog‘i asosida aybdorni tanlaysiz.
+02To‘g‘ri ayblov moddasini tanlang
Ishni Jinoyat kodeksining to‘g‘ri moddasiga bog‘laysiz – aks holda sud ayblovni qonuniy asoslanmagan deb topadi.
=Ikkalasi ham to‘g‘ri bo‘lsagina kazus yechiladi. Biri xato bo‘lsa – yechilmaydi; qaysi biri xato ekani va to‘g‘ri javoblar aytilmaydi, qayta urinib ko‘rishingiz mumkin.
03 · NATIJA
Natija qanday hisoblanadi
Yechilgan kazus natijasi – 100 balldan. U uch qismdan iborat.
100ball – to‘liq natija
Tergov
Stajyorda – nazorat savollariga to‘g‘ri javoblar. Tergovchi va Ekspertda – xulosada keltirgan dalillaringiz qanchalik kuchli va aynan aybdorga tegishli ekani.
Aybdor
Aybdorni to‘g‘ri topsangiz to‘liq beriladi.
Huquqiy baho
Hukmdagi ayblov moddasi va bosqichlardagi huquqiy savollar orasida teng bo‘linadi.
04 · TANGALAR
Tergov tangalari
Qayerdan keladi
- Ro‘yxatdan o‘tganda – 30 tanga
- Tergovchi kazusni birinchi marta yechganda – 6 tangagacha
- Ekspert kazusni birinchi marta yechganda – 10 tangagacha
- Nishonlar va tanga paketlari
Nimaga sarflanadi
- Guvoh va gumondorga chuqur savol berish
- Gumondorni dalil bilan fosh qilish urinishi
- Ekspert kazusda AI so‘roq – har savol 1 tanga
- Stajyor kazuslarda tanga kerak emas
- Tangasiz yechsangiz reytingga +10%, kam tanga bilan +5% bonus
05 · REYTING
Reyting va unvonlar
Hisoblash
Reyting balli = kazus qiymati × natija
Stajyor 10Tergovchi 30Ekspert 50
Masalan: Ekspert kazus (50) 80% natija bilan yechilsa – 40 ball.
- Barcha yechilgan kazuslaringiz yig‘indisi hisoblanadi; har kazus bir marta, eng yaxshi natijasi bilan.
- Yechguncha qilingan xato urinishlar ballni kamaytiradi: 1 xato ×0,6, 2 xato ×0,4, 3 va undan ko‘p ×0,25.
- Yechilgan kazusni qayta o‘ynash ball bermaydi.
- “Stajyor (bepul)” reytingida faqat bepul kazuslar – hamma bir xil sharoitda.
- Obuna reytingga ball qo‘shmaydi.
Unvonlar
- 01Kursantboshlang‘ich
- 02Serjant5 balldan
- 03Leytenant50 balldan
- 04Kapitan150 balldan
- 05Mayor400 balldan
- 06Polkovnik1000 balldan
Reytingni ko‘rish →06 · FASLLAR
Fasllar
Fasl – bir nechta qismdan iborat katta ish. Har qismda alohida jinoyat tergov qilinadi, lekin ular bir-biriga bog‘liq, finalda esa hammasi ortida kim turgani aniqlanadi.
- 1-qism hamma uchun bepul
- Qismlar ketma-ket ochiladi: oldingi qismda hukm chiqarsangiz (xato bo‘lsa ham), keyingisi ochiladi
- Har qismda faslning asosiy siriga oid dalillar bor – topganlaringizni finalda ishlatasiz
- Butun faslni olish qismlarni bittalab olishdan 20% arzon; fasl tugagach, qismlarni (finaldan tashqari) alohida ham olish mumkin
- Fasl efirda bo‘lsa, har hafta bitta yangi qism chiqadi
- Finalni tugatganingizda faslning asosiy aybdori va barcha bog‘lanishlar ochiladi
Barcha fasllar →